Foto: Reuters
Gaagadagi Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi genotsid bo‘yicha da’vosini asosli ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
2022 yil fevralida berilgan da’vo arizasida Ukraina suddan Rossiyani hujumni oqlash uchun “genotsid” tushunchasini buzib ko‘rsatgani sababli javobgarlikka tortishni so‘ragan. Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, ish Gaagadagi Xalqaro sud yurisdiksiyasiga kirmaydi.
“Sud bir ovozga qarshi 15 ovoz bilan Genotsidning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyaning 9-moddasiga asoslanib, ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega, deb qaror qildi”, — deyiladi sud majlisida.
BBCga ko‘ra, BMT sudi Rossiyaning da’volarini qisman rad etib, Ukrainaning da’vosi ushbu organning yurisdiksiyasiga kirmasligini ta’kidlagan. Sud Rossiya tomonidan Ukraina Donbassning rusiyzabon aholisini “genotsid qilishda” ayblanganini eslatdi. Sudning fikriga ko‘ra, Ukraina va Rossiya o‘rtasida Donbassda genotsid sodir etilganmi yoki yo‘qmi degan masala bo‘yicha ziddiyat yuzaga kelgan.
2022 yil 16 martda ushbu da’vo doirasida BMT sudi Rossiyadan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi