12:01 / 03.02.2024
306

Turkiyalik aktyor Kivanch Tatlitug‘ oilasi bilan vatanini tark etmoqda

Turkiyalik aktyor Kivanch Tatlitug‘ oilasi bilan vatanini tark etmoqda
Foto: “Yandeks.ru”
Kivanch Tatlitug‘ kutilmagan qaror bilan muxlislarini hayratda qoldirdi. Jurnalist Mehmet Yustundag‘ning xabar berishicha, Turkiyaning eng mashhur aktyorlaridan biri vatanini tark etishga qaror qilgan. Aktyor rafiqasi Bashak Dizer va o‘g‘li Kurt Efe bilan Londonga ko‘chib o‘tadi.

Juftlikning bu qarorni qabul qilishiga farzandining kelajagi sabab bo‘lgan. Yustundag‘ning so‘zlariga ko‘ra, Kivanch va Bashak farzandining Londonda yaxshi ta’lim olishini xohlamoqda.

Tatlitug‘ning muxlislari esa bundan norozi. Aktyorning ko‘plab muxlislari bu qadamni farzandiga yaxshiroq ta’lim berish istagi bilan emas, balki uni begona ko‘zlardan saqlashga urinish bilan bog‘liq deb o‘ylamoqda. Kivanchning muxlislari o‘g‘lining yuzini uzoq vaqt yashirganidan norozi bo‘lgan edi. Bundan tashqari, uning xotini ijtimoiy tarmoqlarda tazyiqlarga uchragandi.

Foto: Instagram
Har qanday holatda ham Tatlitug‘ va Dizer kelasi hafta oxirida Londonga uchib ketadi. Ko‘chib o‘tishga qaramay, aktyor turk seriallarida rol o‘ynashda davom etishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Kivanch Tatlitug‘ Londonga ko‘chib ketgan birinchi turk aktyori emas. Avvalroq “Muhtasham yuz yil” serialidagi ishtiroki bilan tanilgan Halit Ergench ham oilasi bilan Londonga ko‘chib o‘tgandi. Keyinchalik uning turmush o‘rtog‘i Bergyuzar Korel farzandlaring keyingi ta’limi va farovonligi uchun yashash joyini o‘zgartirishganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo