Foto: BBC
Avstraliyalik olim va bloger Yana Xenszyun Xitoyda josuslikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Olimning o‘lim jazosi kechiktirilgani sababli Xitoy va Avstraliya o‘rtasida diplomatik janjal kelib chiqmoqda. Xenszyun Avstraliya fuqarosi bo‘lib, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Xitoy sudining qarorini qoralashini ma’lum qilgan. Yana Xenszyun 2019 yilda Guanchjou aeroportida hibsga olingan. U josuslikda ayblangan (qaysi davlatga ishlagani haqida Xitoy huquq-tartibot idoralari hech qachon rasman xabar bermagan). Olim besh yilga yaqin hibsda bo‘lgan.
Xitoyda tug‘ilgan Xenszyun XXR hukumati siyosatiga norozilik bildirgan olim, bloger, yozuvchi va faol sifatida tanilgan. U Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ham ma’lum vaqt dars bergan. 1999 yildan beri Xenszyun Avstraliyada yashagan, 2002 yilda u ushbu mamlakat fuqaroligini olgan.
Suddan keyin Xenszyun muddatidan oldin o‘limga hukm qilingan. Amalda bunday jazo umrbod qamoq jazosini anglatishi mumkin. Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi Xitoy sudining qaroriga qo‘shilmaslik va “hukmdan hayratda qolganini” bildirib, bayonot bergan.
Ehtimol, Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi olimni ozod qilish va tibbiy sabablarga ko‘ra ekstraditsiya qilishni talab qiladi: besh yillik asirlikdan so‘ng uning sog‘lig‘i jiddiy xavf ostida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi