Foto: Videodan kadr
Istanbuldagi sud binosiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 5 kishi jarohatlandi. Otishma uyushtirgan erkak va ayol yo‘q qilindi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki noma’lum shaxs Chag‘layan sud binosiga kiraverishdagi xavfsizlik postiga hujum qilgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:46 da (Toshkent vaqti bilan 13:46) sodir bo‘lgan. Otishma natijasida uch nafar politsiya xodimi yaralangan. Qurolli hujumni amalga oshirgan ayol va erkak esa halok bo‘lgan.
Bino yaqinida bo‘lgan odamlar o‘q ovozidan vahimaga tusha boshlagan. Ko‘pchilik qochishga uringan, ayrimlar esa yerga yotgan. Voqea joyiga Istanbul bosh prokurori yetib kelgan. Sud binosi politsiya tomonidan o‘rab olingan, barcha kirish va chiqish eshiklari yopilgan.
Foto: Videodan kadr
Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Istanbuldagi katolik cherkovida qurollangan ikki kishi otishma sodir etib, voqea joyidan qochib ketgandi. Hujum natijasida Tursen Jihan ismli Turkiya fuqarosi vafot etgan. Holat yuzasidan Turkiya politsiyasi Rossiya va Tojikiston fuqarolarini hibsga olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi