Foto: AP
Turkiyaning Baykar kompaniyasi Ukrainada dron ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi. Kompaniya TV2 yoki TV3 rusumidagi Bayraktar dronlarini ishlab chiqaradi.
Bu haqda kompaniya rahbari Xoluq Bayqar Saudiya Arabistonidagi qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi chog‘ida Reuters agentligiga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zavod Kiyev yaqinida qurilmoqda.
«Bizning zavod qurilmoqda (...) Qurilishni yakunlash uchun bizga taxminan 12 oy kerak bo‘ladi, keyin biz ichki armatura, uskunalar va tashkiliy tuzilmaga o‘tamiz. Ukrainadagi zavod katta, biz 500 ga yaqin xodimni ishga olishni rejalashtirmoqdamiz», dedi u.
Xoluq Bayqar yangi zavod yiliga taxminan 120 dona dron ishlab chiqara olishini ta’kidladi.
Davom etayotgan urush bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari zavod uchun xavf tug‘diradimi, degan savolga u ish reja bo‘yicha «to‘liq olg‘a ketayotganini» va «hech narsa» ularni to‘xtata olmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi