Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
Rossiya harbiylari 7 fevralga o‘tar kechasi Ukraina shaharlariga yirik raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.
Raketalar Rossiyaning Murmansk viloyatidagi Olenya aerodromidan havoga ko‘tarilgan bir nechta Tu-95 samolyotlari tomonidan uchirilgan. Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Raketalarning bir qismi Kiyev tomon yo‘naltirilgan.
“Ukraina poytaxtida havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan va bir nechta portlash ovozlari qayd etilgan”, — deydi shahar meri Vitaliy Klichko.
“Kiyev ustidan va uning yaqinida jami 20 ga yaqin qanotli raketalar urib tushirildi, — deydi Kiyev viloyati harbiy administratsiyasi rahbari Sergey Popko.
Urib tushirilgan raketalarning qoldiqlari tushishi natijasida Dneprdagi ikkita yuqori voltli liniya shikastlangan. Shu sababli Dneprning chap qirg‘og‘ida yashovchilarning bir qismi elektr ta’minotisiz qolgan. Shuningdek, issiqlik ta’minoti liniyasi o‘chirilgan. Kiyevning Goloseyevskiy tumanida raketa qoldiqlari qulashi oqibatida turar-joy binosida yong‘in kelib chiqqan.
“To‘qqiz kishi jarohat olgan. Goloseyevskiy tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi olti kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular orasida homilador ayol ham bor”, — deydi Klichko.
Xarkovda ham portlashlar sodir bo‘lgan, qurbonlar yo‘q. Bundan tashqari, Rossiya harbiylari Nikolayevga dronlar va raketalar bilan hujum qilgan, 20 ga yaqin turar-joy binosi shikastlangan, bir kishi vafot etgan.
“RBK-Ukraina” xabariga ko‘ra, Lvov viloyatidagi raketa Polsha yo‘nalishida uchgan va chegaradan 20 kilometr uzoqlikda 180 darajaga burilgan. Polsha uni tutib olish uchun F-16 qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan.
Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda Ukraina shaharlariga raketa hujumlarini uyushtirmoqda. Joriy hujum dekabr oxiridan beri beshinchi hujum bo‘ldi. Rossiya o‘zining avvalgi yirik zarbasini 23 yanvar kuni amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi