Jo Bayden o‘zini AQSHdagi eng malakali odam deb atadi

Jo Bayden o‘zini AQSHdagi eng malakali odam deb atadi
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden avvaldan e’lon qilinmagan murojaat bilan chiqdi. U maxsus prokuror Robert Xurning so‘zlariga izoh berdi. Avvalroq prokuror prezidentning xotirasi bilan bog‘liq muammolar borligini aytib o‘tgandi.

Mening xotiram joyida. Keksa bo‘lsam ham nima qilayotganimni bilaman. Men prezident sifatida bu mamlakatni oyoqqa turg‘azdim. Menga prokurorning tavsiyalari kerak emas”, — dedi Bayden.

Shuningdek, Bayden o‘zini AQSHning eng malakali odami deb atadi. “Men AQSH prezidenti bo‘lish uchun bu mamlakatdagi eng malakali odamman”, — dedi Bayden.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar