09:01 / 10.02.2024
122

Quyoshda so‘nggi 5 yil ichida eng kuchli chaqnash ro‘y berdi

Quyoshda so‘nggi 5 yil ichida eng kuchli chaqnash ro‘y berdi
Foto: Google Images
9 fevral kuni Quyoshda eng yuqori darajadagi kuchli chaqnash qayd etildi. Bu so‘nggi besh yil ichida eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Amaliy geofizika institutining geliogeofizika xizmati ma’lum qildi.

9 fevral kuni 3576 (S14E10) rentgen diapazonidagi quyosh dog‘lari guruhida 38 daqiqa davom etgan chaqnash aniqlandi, u yuqori chastotali radioaloqa uzilishi bilan birga keldi”, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda quyosh rentgen nurlarining Yer ionosferasiga ta’siri, kosmik ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, besh ko‘rsatkichli shkala bo‘yicha R3 (kuchli) darajada.

Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 klassi Yer orbitasidagi radiatsiya quvvatiga 1 kvadrat metrga 10 nanovattga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnash natijasida quyosh plazmasining otilishi ro‘y beradi, bu esa Yerda magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda so‘nggi 5 yil ichida eng kuchli chaqnash ro‘y berdi