
Foto: OdaTV
Isroil harbiylari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar rafiqasi va bolalari bilan G‘azo sektoridagi tunnelda yashaganini da’vo qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Yahyo Sinvar oilasi va HAMAS jangchilari bilan birga Xon Yunis shahri ostidagi tunnelda yashagan. Isroil armiysi bunga “dalil” bo‘luvchi tunneldan olingan kadrlar bilan bo‘lishgan. Video 10 oktyabr kuni HAMAS tunnellaridan biridagi kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan.
Sinvarning hozirda qayerdaligi noma’lum. Agar video haqiqiy bo‘lsa, bu uning urush boshlanganidan beri ilk tasvirlari bo‘ladi.
Isroil armiyasi e’lon qilgan yana bir videoda Sinvar “yashagan” xona, Isroil va Amerika valyutasidagi banknotalar solingan seyf ko‘rsatilgan.
“Shuningdek, yer osti majmuasida hojatxona va dush xonalari, oziq-ovqat zaxiralari uzoq vaqt saqlanadigan oshxona, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan jihozlangan tansoqchilar uchun xona ham topilgan”, — deya da’vo qilgan Isroil armiyasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar