12:23 / 16.02.2024
475

Ukraina qo‘shinlari Avdeyevkadan qisman chiqishni boshladi. Shahar boy beriladimi?

Ukraina qo‘shinlari Avdeyevkadan qisman chiqishni boshladi. Shahar boy beriladimi?
Foto: Getty Images
Ukraina harbiylari shiddatli janglar kechayotgan Avdeyevka shahridan qo‘shinlarni qisman olib chiqishni boshladi. Bu haqda ukrain harbiylariga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, Avdeyevkani boy berish “vaqt masalasi”. Ukrainaning shahardagi so‘nggi qo‘rg‘oni vayron qilingan koks zavodi bo‘lishi mumkin. Agar Avdeyevka ustidan nazorat yo‘qolsa, rus harbiylari “Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan beri jang maydonidagi eng muhim g‘alabani” qo‘lga kiritadi.

Bu Rossiya kuchlari tashabbusni qayta qo‘lga kiritayotganining eng yorqin belgisiga aylanadi, sababi Ukrainada askarlar, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, ruhiy holat va mablag‘ yetarli emas.
Shaharni boy berish haqidagi taxminlar bilan avvalroq Bild tahlilchisi Yulian Ryopke bo‘lishgan edi. U rus qo‘shinlari Avdeyevkada ikki yo‘nalishda (quyida xaritada sariq bilan belgilangan): janubi-sharqda va shahar markazida muvaffaqiyatli olg‘a siljiyotganini aytgan.

Ukraina harbiylari uchun esa vaziyat keskinlashmoqda. Ayniqsa Rossiya armiyasi Ukraina harbiylarining (yashil rang bilan belgilangan) so‘nggi ta’minot yo‘llaridan birida taxminan 200 metr uzoqlikda joylashgani xavfli. Ukraina qurolli kuchlari bilan Rossiya armiyasi pozitsiyalari orasidagi yo‘lakning kengligi 4,85 kilometrgacha qisqargan.

Rossiya qurolli kuchlari artilleriya bo‘yicha Ukraina armiyasidan ustunligi tufayli muvaffaqiyatli oldinga siljimoqda. Hozir taxminan 5:1. Rossiya 152 va 122 mm artilleriya, “Grad” reaktiv tizimi va minomyotlardan faol foydalanadi. Rossiyaning ustunligi havoda ham seziladi. FAB-500, FAB-1000 va FAB-1500 kuchli portlovchi bombalar samolyotdan tashlanadi. Ukrainada bu hujumlarni qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud emas.

Rossiya qo‘shinlari 2023 yil oktyabr oyida Avdeyevkaga qarshi hujum boshladi va katta yo‘qotishlarga duch keldi. 2024 yil boshidan beri rus armiyasi Ukraina armiyasining asosiy ta’minot liniyasi hisoblangan koks zavodini Avdeyevkadan uzib qo‘yishga intilmoqda. 15 fevral kuni Rossiya va Ukraina manbalari rus qo‘shinlari Avdeyevkaning asosiy kirish eshigini egallab olgani haqida xabar bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo