Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi. Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmatining mahalliy boshqarmasi xabar berdi.
14 fevral kuni siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniy jazo o‘tash davomida 27 marta jarima izolatoriga joylashtirilganini ma’lum qildi. Marhum 47 yoshda bo‘lgan. Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmati Navalniy vafot etgan Yamal-Nenes avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasiga komissiya yubormoqda.
Muxolifatchi sayrdan keyin o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgani, ko‘rsatilgan birinchi yordam esa samara bermagani aytilmoqda.
“Shifokorlar Navalniyning o‘limi sabablarini aniqlashi kerak. Federal Jazoni ijro etish xizmati barcha tekshiruvlarni amalga oshiradi, maxsus ko‘rsatmalar kerak emas", — deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Aleksey Navalniy 2021 yil boshidan beri qamoqda edi. 2023 yil avgustida Moskva shahar sudi siyosatchini “ekstremizm” ishi bo‘yicha maxsus rejimli koloniyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?