Foto: BBC
Eshak o‘g‘irlash Afrikaning aksar qismida keng tarqalgan. Eshak terisi global savdosining qurbonlaridan bu kabi holatlar yuzasidan shikoyatlar kelib tushmoqda, deb yozadi BBC.
Bunday jinoyatning asosiy sababi Xitoyda ishlab chiqariladigan “Ejiao” nomli eshak terisi jelatinidan tayyorlanadigan an’anaviy dori-darmon hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u umumiy sog‘lomlashtirish va yoshartirish, qonni ko‘paytirish, uyquni yaxshilash va tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirish kabi ko‘plab afzalliklarga ega. Mazkur dori uzoq yillardan buyon mavjud bo‘lishiga qaramay, birgina 2011 yilgi “Saroydagi imperatorlar” nomli Xitoy teleko‘rsatuvi dorining obro‘sini, eshak terisiga esa talabni oshirib yubordi.
2017 yildan buyon eshak terisi savdosiga qarshi kurashuvchi kampaniya Donkey Sanctuary'ga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili kamida 5,9 million eshak mazkur talabni qondirish uchun so‘yilgan. Nayrobidagi eshaklar qo‘riqxonasida ishlovchi Solomon Onyango: “Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016–2019 yillarda Keniyadagi eshaklarning yarmi so‘yilgan”, deydi.
"Biz “Ejiao” kompaniyalari eshak terisini import qilishni butunlay to‘xtatib, kollagen ishlab chiqarish kabi barqaror alternativlarga sarmoya kiritishlarini istardik. Buni amalga oshirishning xavfsiz va samarali usullari allaqachon mavjud", — deya qo‘shimcha qiladi qo‘riqxonaning yana bir xodimi.
17–18 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Afrika Ittifoqi sammitida butun Afrika bo‘ylab eshak terisi savdosi bo‘yicha cheksiz taqiq taklifi kun tartibiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?