202
Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29 fevralgacha mamlakatdan chiqib ketish so‘raldi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni 29 fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishga chaqirdi.
Agentlikka ko‘ra, Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin. Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.
Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkin.
Immigratsiya xizmati ma’lum qilishicha, noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Janubiy Koreyaga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreya migratsiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o‘tmaslikka chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?