Foto: Google Images
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini ma’lum qildi.
"Qurshovda qolmaslik, harbiy xizmatchilar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun bo‘linmalarimizni shahardan olib chiqib, mudofaaga yanada qulayroq yo‘nalishlarga o‘tishga qaror qildim", — deb yozadi Sirskiy.
Uning aytishicha, ukrainalik harbiylar “o‘z burchini munosib bajargan” va Rossiya armiyasi katta yo‘qotishlarga uchragan.
"Harbiy xizmatchilarning hayoti birinchi o‘rinda turadi. Biz baribir Avdeyevkani qaytaramiz", — deya qo‘shimcha qildi Sirskiy.
Avval 30 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan, Donetskdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Avdeyevka shahri uchun janglar bir necha oy davom etdi. Rossiya armiyasi bu shaharga 2023 yil oktyabr oyida faol hujum boshlagandi.
2024 yil 15 fevralda rus qo‘shinlari Avdeyevkaning asosiy kirish qismini egallab oldi. Keyinroq The Washington Post Ukraina qo‘shinlarini shahardan qisman olib chiqishni boshlagani haqida xabar berdi. 16 fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlarining “Tavriya” operativ-strategik guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy ham Ukraina qo‘shinlari Avdeyevkadan chekinishini ma’lum qildi.
Aleksandr Sirskiy 8 fevral kuni Valeriy Zalujniy o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?