
Foto: Google Images
Kecha 16 fevral kuni rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani xabar qilingandi. Bugun uning matbuot kotibi bu borada bayonot berdi.
"Aleksey Navalniy o‘ldirilgan. Uning o‘limi 16 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:17 da sodir bo‘lgan. Bu haqda Alekseyning onasiga yo‘llangan rasmiy xabarnomada keltirilgan", — deb yozgan muxolifatchining matbuot kotibi Kira Yarmish.
Shuningdek, u Navalniyning jasadi hozir Salexardda ekanligini aytdi.
"Uni Tergov qo‘mitasi tergovchilari olib ketdi. Endi ular jasadni tekshirmoqchi. Biz Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz", — deyiladi bayonotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar