
Foto: “Kommersant”
Buyuk Britaniyadagi maktablarning rahbariyati o‘quv muassasalarida intizomni oshirish maqsadida maktablarda uyali aloqa telefonlaridan foydalanishni, jumladan, o‘quvchilarning ryukzaklarini tintuv qilishga ruxsat berish orqali to‘liq taqiqlashni joriy qilmoqda. Bu haqda Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, taqiqni buzgan o‘quvchilar darsdan keyin olib qolinadi, ularning telefonlari esa direktor lozim ko‘rgan ma’lum bir muddatga qadar musodara qilinadi. Yangi qoidalar, shuningdek, o‘qituvchilarga ryukzaklarni tintuv qilish huquqini beradi va musodara qilingan qurilmalarning yo‘qolgani yoki shikastlangani uchun ota-onalar tomonidan sudga da’vo qilishdan qonuniy himoya qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maktablarga mazkur hujjatga rioya qilishni ta’minlash maqsadida to‘rtta turlicha yondashuvlar tavsiya etilgan. Eng “oddiy” variant bu — maktab hududida telefondan foydalanishni butunlay taqiqlash, shu bilan birga, o‘quvchilarga ularni uyda qoldirishlari taklif etiladi. Ikkinchi va uchinchi variantlar mashg‘ulot vaqtida telefonlarni xodimlarga topshirish yoki maxsus javonlarda qoldirish hisoblanadi. To‘rtinchi yondashuv “foydalanmaslik, ko‘rmaslik va eshitmaslik sharti bilan” telefonlarni o‘zida qoldirishga ruxsat beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar