Foto: Reuters
Mamlakatda faoliyati to‘xtatilgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining Karakasdagi boshqarmasi josuslik va fitna uyushtirish bilan shug‘ullangan, dedi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro. Bu haqda EFE xabar bergan.
Davlat rahbari ushbu boshqarma terrorchilar hamda Venesuela qotillari uchun yuridik firmaga aylanganini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar boshqarma tomonidan qonun buzish holatlari haqida BMTga kamida 10 marta xabar bergan, biroq hech qanday chora ko‘rilmagan.
“Barcha (boshqarma xodimlari), xayriyatki, shanba kuni mamlakatni tark etdi. Boshqarma BMT qonunlarini, Venesuela mustaqilligi va suverenitetini hurmat qilmaguncha, vaziyatni to‘g‘rilamaguncha va oshkora uzr so‘ramaguncha uning xodimlari mamlakatga qaytmaydi”, — deya xabar bergan Maduro. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!