Foto: Google Images
Turkiyadagi zilzila paytida qulagan uylardan birining pudratchisi Muslim Demirer 18 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Avvaliga sud bir ovozdan uni 21 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilgandi. Biroq sudlanuvchining o‘g‘li uy qulab tushishi oqibatida vafot etgani sababli muddat qisqartirildi.
Bu 2022 yil fevralidagi kuchli zilzila paytida binolarning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq sud jarayonlarida chiqarilgan birinchi qarordir.
Jabrlanganlar vakillari Muslim Demirerga maksimal jazo berilishini talab qildi, deb xabar beradi Anadolu. Shanliurfada uyning qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘lgandi. Bino qurilishiga mas’ul bo‘lganlardan 3 nafari zilziladan oldin vafot etgan.
6 fevral kuni 7,8 va 7,5 magnitudali zilzilalar mamlakat janubi-sharqida to‘qqiz soatlik farq bilan sodir bo‘ldi. Oqibatda 53 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, ba’zi shaharlar butunlay vayron bo‘ldi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan yili binolarning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarda 1,3 mingdan ortiq odam mahkamaga tortilganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!