Ukraina harbiylarida jangovar harakatlarni davom ettirish uchun motivatsiya yetishmayapti, armiya esa jiddiy shaxsiy tarkib tanqisligini boshdan kechirmoqda, dedi Ukraina Qurolli Kuchlari askarlari Germaniyaning NTV telekanali uchun bergan reportajida.
“Bizda odamlar bilan katta muammo bor. Bizda umuman odamlar yetishmaydi. Odamlarda eng boshida bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolgan. <...> Ko‘p odamlarimiz charchagan”, - deya tan oldi harbiylardan biri.
Bundan tashqari, ukrainalik askarlar Rossiya dronlari tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan bosimdan shikoyat qildi.
“Piyodalar uchun xandaq qazish allaqachon muammoga aylangan. Kimdir tashqarida bo‘lsa, dron uni darhol payqaydi. Keyin ikkinchi dron paydo bo‘ladi va uning ortidan nimadir keladi”, - deydi telekanalga harbiy.
Yanvar oyida Amerikaning Wall Street Journal gazetasi Ukrainada qurol-yarog‘ va ishtiyoqli harbiylar yetishmasligini, shuning uchun tahlilchilar Rossiya qo‘shinlari Ukraina mudofaasini yorib o‘ta oladi, deb hisoblashini yozgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!