Foto: Reuters
25 fevral kuni erta tongda Rossiya armiyasi o‘rta masofali raketalar va harbiy dronlar bilan Ukraina hududiga hujumlar tashkil etdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Donetskning sharqiy mintaqasidagi Kostiantinivka shahrida intensiv hujumlar kuzatilgan. Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingan. Turar joy binolari va ta’lim muassasalariga jiddiy shikast yetgan.
Donetsk viloyati harbiy boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 25 fevral kuni Rossiya kuchlari Pokrovsk, Kramatorsk va Baxmut tumanlarini o‘qqa tutgan. 81 nafar mahalliy aholi vakillari hududlardan evakuatsiya qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, markaziy Kiyev viloyati ham dronlar tomonidan nishonga olingan. Ammo mudofaa kuchlari bu hujumlarni muvaffaqiyatli qaytara olgan. Turar joy va muhim infratuzilma obyektlariga jiddiy shikast yetmagan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Rossiyaning so‘nggi hujumiga munosabat bildirgan Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi Rossiya tomonidan Kiyev, Poltava, Xmelnitskiy, Nikolayev, Kirovograd, Dnepropetrovsk, Zaporoje va Xerson viloyatlari tomon uchirilgan Eronda ishlab chiqarilgan 16 ta hujumkor dronlar yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!