Kreml “Yigit so‘zi” (“Slovo patsana”), “Xolop-2”, “Muz-3” va boshqa mashhur filmlar va seriallardan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylovoldi kampaniyasi maqsadida foydalangan. “Vajniye Istorii” va Meduza nashrlari Rossiya prezidenti apparatining sizdirilgan hujjatlarini o‘rgandi.
2023 yil bahorida Rossiya prezidenti administratsiyasida (AP) Putinning navbatdagi qayta saylanishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilarga “Saylov uchun ijodiy kontent” mavzusidagi taqdimot namoyish etilgan. Taqdimotga ko‘ra, 2024 yilgi saylovlar uchun bir necha o‘nlab “ijodiy loyihalar” tayyorlangan. Ular orasida “maxsus harbiy operatsiya” loyihalari (ya’ni urush haqida) va juda mashhur film hamda seriallar mavjud. Shu jumladan:
- “Xolop-2” komediyasi;
- “Bremen musiqachilari” musiqiy filmi;
- “Payk buyrug‘ida” ertak-filmi;
- “Yigit so‘zi” seriali bor.
Foto: Meduza
Prezident apparatidagi taqdimot mualliflari bu va boshqa loyihalar “milliy manfaatlarni himoya qilish”ni ta’minlash, “Rossiyadagi odamlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, vatandoshlarning tarixiy va zamonaviy yutuqlari, kun qahramonlari to‘g‘risida bilim darajasini oshirish”, shuningdek, “madaniy o‘ziga xoslik, an’analar va suverenitetni saqlashga” mo‘ljallanganini aytgan.
Kremlga ko‘ra, “Yigit so‘zi” “Rossiyadagi hayot sifati o‘zgarishlari” haqida gapiradi (ya’ni, 2020 yillarda ruslar 1980 yillardagi sovet xalqiga qaraganda yaxshiroq yashaydi). Serialni suratga olishga Internetni rivojlantirish instituti pul ajratgan.
Bu ma’lumotlar haqiqiyligini Kremlga yaqin va ushbu hujjat bilan tanish bo‘lgan suhbatdosh, shuningdek, prezident apparatidagi uchrashuv ishtirokchilaridan biri tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!