Foto: Getty Images
AQSH Kongressi vakillar palatasining a’zosi Ken Bak prezident Jo Baydenning “aqliy chidamliligi” bilan bog‘liq xavotirlar tufayli uni lavozimidan chetlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Bak prezidentni lavozimidan chetlashtirish (AQSH Konstitutsiyasiga 25-o‘zgartirishni kiritish) to‘g‘risidagi rezolyutsiyani Kongressga taqdim qilmoqchi. U bu qadamning asosiy sababi sifatida prokuror Robert Xurning Baydenning maxfiy hujjatlar bilan ishlashi haqidagi hisobotini keltirgan. Hisobotda prezidentga qarshi hech qanday ayblovlar yo‘q, biroq u bir necha bor Baydenni “xotirasi yomon qarigan yetakchi” sifatida tavsiflagan.
“Hisobotda keltirilgan ko‘plab misollar prezident Baydenning kognitiv zaiflashuvi va aqliy chidamliligi yo‘qligini aniq ko‘rsatib turibdi”, — deydi Ken Bak.
So‘nggi paytlarda AQSHda prezidentning ruhiy salomatligi mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Ayrim kuzatuvchilar yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va kognitiv pasayish belgilari tufayli uning davlat rahbari lavozimini egallash qobiliyatiga shubha bildirgan.
Bu munozaralar Bayden bir necha marta omma oldida chiqish qilganidan so‘ng kuchaydi. Sababi AQSH prezidenti nutqida xatolarga yo‘l qo‘ydi va chalkashliklarga duch keldi. O‘z navbatida, Oq uy rasmiylari va prezident bilan ishlaydigan tibbiyot mutaxassislari Bayden vazifalarini to‘liq bajarishga qodir ekanini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan