
Foto: Pravilamag
Fransuz aktyori Jerar Deparde yana jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.
Holat 2021 yil sentyabr oyida Parijda “Yashil panjaralar” filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 23 fevral kuni Ameli ismli 53 yoshli sahna rassomi aktyor ustidan sudga shikoyat qildi. Syomka paytida Jerar Deparde unga ko‘p bor qattiqqo‘l munosabatda bo‘lgan, so‘ng unga jinsiy zo‘ravonlik ishlatgan. Aktyorni uning qo‘riqchilari to‘xtatib qolgan.
Bunday voqea Deparde bilan bog‘liq birinchi holat emas. Ayollarga nisbatan haqoratomuz so‘zlari uchun u allaqachon Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan mahrum qilingan. Bundan avval ispaniyalik jurnalist Rut Basa aktyorni 1995 yilda sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi.
Jerar DepardeJinsiy Zo‘ravonlikFransuz AktyoriParijda SodirSudga ShikoyatYashil Panjaralar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar