Foto: IRNA
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullohiyon Eron hukumati va tizimi xalq qo‘llab-quvvatloviga tayanishini ta’kidlab, Eron Islom Respublikasida demokratiya va inson huquqlari bugungi kunda hech shubhasiz Buyuk Britaniyadagidan ancha kuchli ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
“Agar Eronda va ayni paytda Britaniyada xalq o‘z rejimini qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha referendum o‘tkazilsa, shubhasiz, Britaniya mag‘lub bo‘ladi”, — degan Eron xorijiy idorasi vakili.
Eron tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, demokratiya turli mintaqalarda turli ko‘rinishlarga ega. G‘arb va Sharqning demokratiya borasidagi tushunchalarini bir-biri bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi.
“Eronda demokratiya va inson huquqlarining ildizlari bizning e’tiqodlarimiz va ming yillik sivilizatsiyamizga borib taqaladi. Men sizga aniq aytamanki, bugungi kunda Eron Islom Respublikasida demokratiya va inson huquqlari Britaniyadagi demokratiya va inson huquqlaridan ancha kuchli. Agar siz bunga ishonmasangiz, sizni Eronga kelishga va saylovlarda fuqarolarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilayotganini ko‘rishga chorlayman”, — degan Husayn Amirabdullohiyon. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi