Qayd qilinishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:10 da mamlakat elektr tarmoqlari ishdan chiqqan. Shuningdek, fuqarolar issiqlik ta’minoti o‘chirilgani va ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar, shuningdek, ayrim uyali aloqa operatorlari tomonidan aloqa va internet uzilib qolayotganidan shikoyat qilgan.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Dushanbedagi elektr tarmog‘ida avariya ro‘y bergan, oqibatda nimstansiyaning haddan tashqari yuklama ostida qolgani sababli, shaharda elektr energiyasi o‘chirilgan.
«Dushanbe shahridagi elektr tarmog‘ida avariya yuz berdi, oqibatda shahar mahalliy vaqt bilan 11.10 dan 13.54 gacha elektr energiyasidan uzildi. Nurek GES orqali elektr energiyasini qabul qiluvchi nimstansiyaning haddan tashqari yuklama ostida qolgani tufayli avariya sodir bo‘ldi», deyiladi xabarda.
Dushanbedagi nimstansiyada shoshilinch ta’mirlash ishlari olib borilgan, 2 soat 44 daqiqadan so‘ng elektr ta’minoti tiklangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi