Foto: AP
Argentina prezidenti Xaviyer Miley avvalroq Rossiyadan olgan ikkita Mi-171Е vertolyotini Ukrainaga topshirdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Miley «erkinlikni himoya qiluvchi mamlakatlar» bilan ittifoq tuzishni ma’qul ko‘radi, shu jumladan AQSH, Isroil va Ukraina bilan, deb yozdi nashr. Ta’kidlanishicha, Miley Rossiyada ishlab chiqarilgan ikkita harbiy vertolyotni Ukrainaga topshirgan.
Argentina prezidenti joriy yilda Ukraina uchun «Lotin Amerikasining qo‘llab-quvvatlashi» sammitini o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu Braziliya prezidenti Lula da Silva va Meksika yetakchisi Andres Manuel Lopes Obrador kabi Lotin Amerikasi yetakchilarining xatti-harakatlaridan keskin farq qiladi. Rossiya-Ukraina urushida Braziliya va Meksika ko‘proq neytral pozitsiyani egallagan.
Mi-171Е sovet davrida ishlab chiqarilgan Mi-8 vertolyotining ko‘plab versiyalaridan biri bo‘lib, 1961 yilda birinchi parvozini amalga oshirgan. Argentina harbiy-havo kuchlariga Rossiyadan 2011 yilda yetkazib berilgan. Vertolyotlar asosan Argentinaning Antarktida stansiyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi