date
views 248

Iordaniya ocharchilikda qolgan G‘azoga havodan gumanitar yordam jo‘natmalarini tashladi

Iordaniya ocharchilikda qolgan G‘azoga havodan gumanitar yordam jo‘natmalarini tashladi
Foto: AFP/Getty Images
1 mart kuni Iordaniya harbiylari G‘azo shahrining ayrim qismlariga ketma-ket uch marta havodan yordam tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Iordaniyaning uchta C-130 harbiy samolyoti tashqi dunyodan ajralib qolgan G‘azo shahrining tinch aholisiga oziq-ovqat yetkazib bergan. Ommaviy tartibsizlik ro‘y bermasligi uchun yuklar turli nuqtalarga tushirilgan.

O‘tgan haftada Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Fransiya va Rafah nazorat postini nazorat qiluvchi Misr ham G‘azoga yordam yuborgan edi. Ayni damda AQSH ham G‘azoga yordam jo‘natish bo‘yicha xulosaga kelayotgani xabar qilingan.

25 fevral kuni Isroildan G‘azoga yuk olib kirishda foydalaniladigan hozircha yagona Kerem Shalom o‘tkazish punkti isroilliklar tomonidan to‘sib qo‘yilgani sababli, gumanitar yordam berishni maqsad qilgan mamlakatlar harbiy samolyotlardan foydalanmoqda. Hududga ayni paytda quruqlikdan kirish imkoni yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniya ocharchilikda qolgan G‘azoga havodan gumanitar yordam jo‘natmalarini tashladi