Islandiyada vulqon otilishi xavfi tufayli shahar aholisi evakuatsiya qilindi

Dunyo1 daqiqa o'qish258
Islandiyada vulqon otilishi xavfi tufayli shahar aholisi evakuatsiya qilindi
Foto: Google Images
Islandiya hukumati mamlakat janubida vulqon otilishi xavfi tufayli Grindavik shahri aholisini evakuatsiya qildi, deya xabar berdi RUV telekompaniyasi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, evakuatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirib, hamma shaharni tark etgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Islandiya meteorologiya idorasi vulqon otilishi xavfini hisoblab chiqmoqda. Hozirgacha aholi punkti joylashgan Reykyanes yarim orolida bir necha bor zilzila sodir bo‘lgan.

Grindavikda vulqon otilishi sababli aholi yanvar oyida ham evakuatsiya qilingan edi. O‘shanda bir qator zilzilalar sodir bo‘lishi bunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

Grindavikdan yetti kilometr va Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda Fagradalsfyadll vulqoni joylashgan. U 6 ming yil davomida harakatsiz deb hisoblangan. 2021 yil mart oyida vulqon otishni boshlagandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?