11:12 / 04.03.2024
406

Ukraina armiyasi ilk bor Fransiyaning 250 kiloli bombalaridan foydalandi

Ukraina armiyasi ilk bor Fransiyaning 250 kiloli bombalaridan foydalandi
Foto: AASM Hammer / Videodan skrin
Ukraina qurolli kuchlari birinchi marta urush zonasida Fransiyaning yangi uzoq masofali AASM Hammer bombalaridan foydalandi. Bu haqda Turkiyaning Clash Report nashri xabar berdi.

"Fransuz AASM-250 bombalari birinchi marta Ukraina qo‘shinlari tomonidan Rossiya Qurolli kuchlari nazoratida bo‘lgan Avdeyevkadagi koks zavodiga zarba berish uchun ishlatilgan", — deyiladi xabarda.

Ukraina bu bombalarni tashlashda qaysi turdagi samolyotdan foydalangani noma’lum. Natijalarni kuzatish uchun Ukraina qurolli kuchlarining dronlari jalb qilingan.

AASM Fransiyaning Safran Electronics & Defense kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Fransiyaning AASM Hammer oilasi 250, 500 va 1000 kilogramm og‘irlikdagi bombalardan iborat bo‘lib, o‘zida turli nishonlarni boshqarish tizimlarini o‘rnatish imkoniyatiga ega. Hammer 70 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. 2011 yilda bitta AASM to‘plamining narxi taxminan 160 ming yevroni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo