Foto: Reuters
Isroil Qohiraga o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar uchun delegatsiya yubormaydi. Bu haqda Isroil rasmiysiga tayanib CNN xabar berdi.
Rasmiyning aytishicha, bunga sabab HAMAS Isroilning ikkita talabini bajarmagan: tirik qolgan asirlar ro‘yxati; Isroil qamoqxonalaridan garovga olinganlar evaziga ozod qilinadigan falastinlik mahbuslar nisbatini tasdiqlash.
Rasmiy o‘z ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan. HAMAS delegatsiyasi 3 mart kuni muzokaralar uchun Qohiraga yetib kelgan.
Isroil rasmiysiga ko‘ra, delegatsiyani jo‘natmaslik qarorini bosh vazir Benyamin Netanyaxu “Mossad” direktori Devid Barnea bilan kelishgan holda HAMAS shartlarga javob bermagani haqidagi xabarni olganidan keyin qabul qilgan.
Netanyaxu 29 fevralda qilgan chiqishida shartlarni bayon qilgan.
"Men rejaga kiritiladigan barcha garovga olinganlarning ismlarini oldindan bilishni talab qilaman. Men ikkita savolga hali javob olganim yo‘q va bizning xohishimizga qaramay, yaqin kunlarda qo‘shimcha relizlar rejasiga erishish haqida gapirishga hali erta", — qo‘shimcha qilgan Netanyaxu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi