22:30 / 04.03.2024
382

AQSH Oliy sudi Tramp borasida muhim qarorni e’lon qildi

AQSH Oliy sudi Tramp borasida muhim qarorni e’lon qildi
AQSH Oliy sudi sobiq prezident Donald Trampga prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi.

AQSH Oliy sudi Kolorado shtati sudining sobiq prezident Donald Trampning prezidentlikka nomzodini qo‘yishiga to‘sqinlik qilish haqidagi qarorini bekor qildi. Ushbu qaror butun mamlakat bo‘ylab qo‘llaniladi.

Kolorado sudyalari avvalroq Trampni «qo‘zg‘olon»da ishtirok etgan amaldor sifatida saylov byulleteniga kiritib bo‘lmaydi, degan qarorga kelgandi. Bu 2021 yil yanvaridagi Kapitoliydagi voqealar bilan bog‘liq.

Koloradodagi sudyalar Trampning ko‘plab tanqidchilari singari, sobiq prezident noqonuniy yo‘llar bilan prezidentlik saylovlari natijalarini bekor qilishga uringan va o‘z tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirishga undagan, deb hisoblaydi.

Trampning advokatining ta’kidlashicha, Kapitoliydagi g‘alayon qo‘zg‘olon sifatida baholanadigan darajada jiddiy emas va Trampning o‘sha kuni Vashingtondagi tarafdorlariga aytgan so‘zlari uning so‘z erkinligi huquqi bilan himoyalangan. Advokatning ta’kidlashicha, sudlar Trampni saylov byulletenidan olib tashlashni talab qilish huquqiga ega emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo