date
views 108

Jo Bayden “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi nizoga yechim topish uchun Livanga maxsus vakil jo‘natdi

Jo Bayden “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi nizoga yechim topish uchun Livanga maxsus vakil jo‘natdi
Foto: AP News
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil va Livandagi “Hizbulloh” guruhi o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi munosabati bilan, muammoga diplomatik yechim topish uchun o‘z vakilini Bayrutga jo‘natdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Baydenning bosh maslahatchisi Amos Xochshteyn 4 mart kuni Bayrutda matbuot anjumanida ishtirok etgan. Maslahatchi yig‘ilishda Isroil shimolidagi yangi keskinlik Livan va Isroil xalqining manfaatlariga mos kelmasligini, cheklangan ko‘lamdagi passiv urush nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Amos Xochshteyn “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanganidan beri Livanga bir necha bor tashrif buyurgan. Isroil va Livan chegarasida davom etayotgan jangovar harakatlarga diplomatik yechim topish uchun Livanning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Xabarga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Isroilning Livanga quruqlikdan bostirib kirishni rejalashtirayotganidan xavotirda. Agar diplomatik sa’y-harakatlar “Hizbulloh”ni Isroil bilan keskinlikdan qaytara olmasa, Yaqin Sharq mojarosi kuchayishi mumkin. Bu esa qo‘shimcha kuch va resurslar yo‘naltirilishini taqozo etadi.

Avvalroq Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil bilan janglarni to‘xtatishga qaratilgan xorij sa’y-harakatlariga raddiya bergan edi. Bunga sabab sifatida esa g‘arbliklarning taklifi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga emas, balki Isroil xavfsizligiga qaratilgani keltirilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi nizoga yechim topish uchun Livanga maxsus vakil jo‘natdi