date
views 197

Erdo‘g‘on: “Turkiya dron ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning kuchli uchligiga kiradi”

Erdo‘g‘on: “Turkiya dron ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning kuchli uchligiga kiradi”
Foto: Google Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat dron texnologiyasi bo‘yicha dunyodagi uchta yetakchilardan biri ekanini, shuningdek, ularning sotuvi bo‘yicha yaqqol yetakchi ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda u Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyingi nutqida ma’lum qildi.

Erdo‘g‘on shu kungacha 50 ta davlat bilan 770 ta dron sotish bo‘yicha shartnomalar imzolanganini aytdi.

Faqat o‘tgan yilning o‘zida bu eksport hajmi 1,8 milliard dollarni tashkil etdi. 2024 yilning dastlabki ikki oyida mudofaa va aerokosmik sohalarda 633 million dollarlik eksport bilan yangi rekord o‘rnatdik”, — dedi Turkiya prezidenti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Turkiya dron ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning kuchli uchligiga kiradi”
-->