Foto: Getty Images
Italiyada uch nafar qilichboz o‘zbekistonlik 17 yashar qilichboz qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Il Messaggero nashri xabar berdi.
Hodisa o‘tgan yilning 4—5 avgust kunlari Toskana provinsiyasida sodir bo‘lgan, biroq bu haqda Siyena politsiyasi ishga aralashganidan keyingina ma’lum bo‘ldi. Ayblanuvchilarning ikki nafari hozirda tergov qilinmoqda, uchinchisi voyaga yetmagan. Ayblovlarning jiddiyligiga qaramay, Siyena prokuraturasi darhol tergovni boshlamagan, bu esa yirik xalqaro janjalga sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonlik qilichbozning yuridik vakili ayblanayotgan sportchilarga nisbatan chora ko‘rilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini va uchalasiga ham hech qanday sanksiya qo‘llanilmagani yoki musobaqalardan chetlatilmaganini ta’kidladi.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, Italiya qilichbozlik federatsiyasining (FIS) uch nafar sportchisi uni 2023 yil avgust oyida Italiyaning Kyanchano-Terme provinsiyasidagi sport lagerida zo‘rlagan. Zo‘rlashda ayblangan ikki sportchi Siyena prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi sifatida tergov qilinmoqda. Qizning advokati Luchiano Guidarelli olti oydan beri FISga so‘rovlar yuborib, gumonlanuvchilarni ehtiyot chorasi sifatida musobaqadan chetlashtirishni talab qilmoqda. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning avgust oyidan beri qiz musobaqa maydonlarida ular bilan ikki marta kesishgan va bu uning “ikkinchi darajali travmasi”ga sabab bo‘lgan.
"Bir necha so‘rov yubordim va prezident bilan uchrashish uchun federatsiya shtab-kvartirasiga bordim, lekin u meni qabul qilmadi. Men kotib bilan gaplashdim. Prokuraturada tergov davom etmoqda, biroq bironta ham chora belgilanmagan", — deydi Luchiano Guidarelli.
FIS prezidenti Paolo Azzi federatsiya bunday hollarda sportchilarni musobaqadan chetlashtirish huquqiga ega emasligini aytmoqda.
"Biz qo‘limizdan kelganini qildik, sud tizimini almashtira olmaymiz. Bizda qizil kod ostida bunday og‘ir jinoyatlarni tergov qilish vakolatimiz yo‘q", — dedi prezident.
Il Messaggero nashrining yozishicha, zo‘rlash 5 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Ertalab qiz bir nechta ko‘karishlar bilan uyg‘ongan, uning atrofida “ochiq-oydin jinsiy hazillar qilib, baland ovozda kulayotgan” uch yigit bo‘lgan. Qiz xonasiga kirishga urinayotganda hushidan ketgan. O‘sha kuni sportchining onasi uni Fraskati shahridagi tibbiy muassasaga olib borgan, u yerda qizga yordam berishmagan. Qiz Rimdagi Bambino Ges klinikasida dastlabki davolanishni olgan, keyin esa San-Jovannidagi shifoxonada ko‘rikdan o‘tgan.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, sportchining qonida alkogol va giyohvand moddalar topilgan. Il Messaggero ma’lumotlariga ko‘ra, 4 avgust kuni kechqurun qiz lager yaqinidagi barda bo‘lgan va u yerda alkogol iste’mol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi