Foto: Elijah Nouvelage/Getty Images
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris 3 mart kuni Alabama shtati Selma shahrida «Qonli yakshanba»ning 59 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
«G‘azodagi azob-uqubatlarning ulkan ko‘lamini inobatga olgan holda, kamida keyingi olti hafta davomida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerak. Hozirda bu muhokama qilinmoqda», - dedi Xarris.
Vitse-prezident g‘azoliklar ochlik va g‘ayriinsoniy sharoitlarda yashayotganini taʼkidlab, Isroil hukumatini mintaqaga insonparvarlik yordami oqimini sezilarli darajada oshirishga chaqirdi.
HAMAS va Isroil o‘rtasida sulh muzokaralari
O‘tgan dam olish kunlari Misrda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan HAMAS va Isroil o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Isroil uchrashuvga eʼtibor bermadi. Mamlakat hukumati isroillik delegatlar HAMAS G‘azo sektorida garovga olinganlar ro‘yxatini taqdim etganidan keyingina Misrga borishini aytdi.
«HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishni xohlayotganini aytmoqda. Xo‘sh, stol ustida kelishuv bor. Avval aytganimizdek, HAMAS bu kelishuvga rozi bo‘lishi kerak», - dedi Xarris. Misr va Qatar bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bormaydigan HAMAS va Isroil o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi.
Isroil harbiy kabineti aʼzosi AQSHga bordi
3 mart, yakshanba kuni Isroil harbiy kabineti aʼzosi Benni Gansning idorasi siyosatchi Vashingtonga bosh vazir Benyamin Netanyahu bu safarga rozi bo‘lmaganiga qaramay, G‘azo sektoridagi vaziyatni Amerika rasmiylari bilan muhokama qilish uchun kelganini maʼlum qildi.
Gansning AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan va Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgerk bilan uchrashuvi 4 martga rejalashtirilgandi.
5 mart, seshanba kuni Gans AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi. Shundan so‘ng u Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron va boshqa rasmiylar bilan muloqot qilish uchun Londonga boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi