date
views 150

Jo Bayden: “O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish HAMAS qo‘lida”

Jo Bayden: “O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish HAMAS qo‘lida”
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kurash davom etar ekan, bu borada tinchlikka erishish ko‘p jihatdan HAMASga bog‘liq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Prezident Bayden Hagerstoun aeroportida jurnalistlarga intervyu bergan. Intervyuning asosiy mazmuni isroilliklar bilan hamkorlik davom etishi va o‘t ochishni to‘xtatish zarur ekanligi borasida bo‘lgan.

Baydenga ko‘ra, AQSH HAMAS harakatlarini kuzatmoqda. Tinchlikka erishish uchun mas’uliyat na AQSH va na Isroil yelkasida, bu ko‘p jihatdan HAMASga bog‘liq.

AQSH prezidentining aytishicha, ramazon oyigacha kelishuv bo‘lmasa, Isroil, xususan, Quddusdagi vaziyat juda xavfli tus olishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden: “O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish HAMAS qo‘lida”