Foto: Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmati qo‘mitasi
Ostonada chiqindilarni qayta ishlash zavodida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 37 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Qozog‘iston poytaxtida bir kunlik reydlar davomida Migratsiya xizmati tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 119 nafar chet ellik ishchi aniqlangan. Ularning 37 nafari O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi. Migratsiya xizmati xodimlari qonunchilikka rioya qilishga chaqirib, tegishli ruxsatnomasiz qolgan xorijliklarni ish beruvchi tomonidan qayta ishga yollash uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda politsiya xodimlari Rossiyada uch kishini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi. U 2016 yilda sherigi bilan Moskva viloyatida bo‘lgan vaqtida 3 kishini o‘ldirganlikda ayblangandi.
Jami 19 fevraldan 27 fevralga qadar Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda qidiruvda bo‘lgan 87 nafar jinoyatchini qo‘lga olgan, ulardan 17 nafari xorijiy huquq-tartibot idoralari so‘roviga ko‘ra amalga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi