Foto: Reuters
Chexiya uchinchi davlatlardan Ukraina uchun 800 mingta artilleriya snaryadlariga pul to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Pavel 7 mart, payshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.
Ukraina qurolli kuchlari uchun snaryadlar sotib olish bo‘yicha Chexiya tashabbusiga jami 18 Yevropa davlati qo‘shildi. 6 mart, chorshanba kuni Germaniya hukumati ushbu tashabbus uchun «million mablag‘» ajratishga va’da berdi. Chexiyaning Ukraina uchun o‘q-dorilar bo‘yicha yig‘imida ishtirok etish niyatini e’lon qilgan oxirgi mamlakat Norvegiyadir.
Chexiya Ukraina uchun snaryadlarni uchinchi davlatlardan sotib oladi
Fevral oyi o‘rtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi chog‘ida Chexiya prezidenti Petr Pavel bir necha hafta ichida Ukrainaga 500 mingta 155 mm kalibrli artilleriya va 300 mingta 122 mm kalibrli artilleriya snaryadlarini yetkazib berish niyatida ekanligini ma’lum qildi. U «Ukraina askarlari frontda ko‘rsatgan jonbozlikni qo‘llab-quvvatlash» va Ukraina uchun uchinchi davlatlardan birgalikda o‘q-dorilar hamda jihozlar sotib olishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuv Ukraina boshqa ittifoqchi davlatlari moliyaviy ishtiroki bilangina mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Kiyevga mart oyigacha bir millionta snaryad yetkazib berishga va’da qilgan, biroq buni uddalay olmagandi. Bundan tashqari, Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini qabul qilish AQSHda ham kechikmoqda. 2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi kechikishlar tufayli frontdagi «turg‘unlik» haqida e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi