Foto: “RIA Novosti”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2028 yildagi prezidentlik muddatiga boshqa da’vogarlik qilmasligiga ishora qildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov bo‘ladi.
“Men uchun bu final. Bu saylovlar qonun tomonidan berilgan vakolatlar doirasidagi so‘nggi saylovlarim. Natijada ishlar mendan keyin keladigan birodarlarimga o‘tadi”, — deydi u.
Erdo‘g‘onning bayonoti mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilgan. Turkiya prezidenti o‘tgan may oyida navbatdagi prezidentlik muddatiga saylangan edi.
2023 yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi turda 52,18 foiz ovoz bilan Erdo‘g‘on g‘alaba qozongan. Raqibi Kamol Qilichdarog‘lu esa 47,82 foiz ovoz olgan. Saylovchilarning 85,71 foizi ishtirok etgan. Erdo‘g‘on mamlakatni besh yil boshqarish huquqini olgan. U Turkiyani 2014 yildan beri boshqarib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi