Foto: Depositphotos
Qurollangan jinoiy guruh 7 mart kuni Nigeriyaning Kuriga shahridagi maktabdan 300 ga yaqin o‘quvchini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mahalliy o‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlash 2021 yildan beri maktablarda sodir etilgan bola o‘g‘riliklari ichida eng yirigi. Kaduna shtati politsiyasi Reuters agentligining odam o‘g‘irlash bo‘yicha izoh berish haqidagi so‘rovlariga javob bermagan.
Jinoyatchilar ertalabki yig‘ilishdan keyin maktabga hujum qilgan. O‘qituvchilardan biri Sani Abdullahining so‘zlariga ko‘ra, o‘rta maktabdan o‘g‘irlanganlar soni 187 nafar, boshlang‘ich maktabdan esa 125 nafar. Kuriga shahar kengashi deputati Idris Mayalluraning aytishicha, jinoyatchilar dastlab 100 dan ortiq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qo‘lga olgan, keyinroq ularning bir qismini qo‘yib yuborgan, boshqalari esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Shtat gubernatori Uba Sani barcha o‘quvchilarning ozod etilishini ta’minlashga va’da bergan.
2014 yilda “Boko Haram” terrorchilik guruhi Nigeriya shimolidagi Chibok shahrida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan edi. 2021 yil holatiga ko‘ra, ulardan 100 dan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Save the Children tashkiloti 2021 yilning yanvar—avgust oylari orasida Nigeriyada 1000 dan ortiq bola o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi