Foto: Bild
Isroil harbiylari G‘azo sektorida HAMAS jangchilariga qarshi robot itlardan foydalanishni boshladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Amerikaning Ghost Robotics kompaniyasining yarim avtonom Vision 60 unit robot itlari tunnellardagi tuzoqlarni va HAMAS pozitsiyalarini aniqlash uchun foydalaniladi. Ular noma’lum muhitda ishlashga imkon beruvchi maxsus sensorlar bilan jihozlangan. Bunday robotlar sekundiga uch metr tezlikda 10 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga qodir. Bundan tashqari, ular yurish tezligini nazorat qilishi va inson buyrug‘isiz to‘xtashi mumkin.
Standart robot itning og‘irligi 51 kilogramm bo‘lib, taxminan uch soat ishlay oladi. Qurilmaning yuk ko‘tarish quvvati 10 kilogramm, yig‘ish va demontaj qilish vaqti 15 minut.
Isroil G‘azo sektorida qo‘llagan yana bir robot qurilma Rooster dronidir. U obyektlar ustidan sakrab o‘tishi va to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin.
“Maqsad — tuzoq va boshqa xavflarni aniqlash uchun askarlardan oldin voqea joyiga yetib borishdir”, — deydi Robotican bosh direktori Xagay Balshai. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi