27 avgust Italiyada motam kuni deya e’lon qilindi

Italiyada 27 avgust mamlakat markazida chorshanba kuni ro‘y bergan va 278 kishining hayotiga zomin bo‘lgan vayronkor zilzila sabab motam e’lon qilindi, deb yozmoqda "Kun.uz" nashri.
Motam munosabati bilan Italiya hududidagi barcha hukumat binolaridagi davlat bayrog‘i tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni Italiya markazida 6,0 magnito‘dali zilzila ro‘y berdi. Er osti silkinishlari mamlakatning ko‘plab shaharlari, jumladan, Rim, Florensiya va Boloniyada ham kuzatildi. Vayronkorlik holati uchta viloyatda — Lasio, Umbriya va Markada qayd etildi. Tabiiy ofat natijasida Lasioda 229 kishi (Amatriche va Akkumoli shaharlarida), Markda — 49 (Arkuata-del-Tronto va Peskara-del-Tronto shaharlarida) qurbon bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing