Foto: SOPA Images
Rossiya AQSH va Yevropaga qaraganda qariyb uch baravar ko‘p artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa Rossiyaga yil oxirida Ukrainada navbatdagi hujumni tashkil etishga imkon berishi mumkin. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
NATO razvedka xizmatlarining CNN nashriga taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya oyiga 250 ming yoki yiliga 3 millionga yaqin artilleriya snaryadlari ishlab chiqarmoqda. AQSH va Yevropa Ittifoqining Kiyevga jo‘natish uchun ishlab chiqarayotgan snaryadlari yillik soni esa atigi 1,2 milliontaga yetadi.
Xabarda aytilishicha, AQSH harbiylari 2025 yil oxirigacha oyiga 100 mingta artilleriya snaryadi ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu miqdor Rossiya oylik ishlab chiqarishining yarmidan kamini tashkil qiladi.
Rasmiylarning aytishicha, Rossiya hozirda Ukraina tomon kuniga 10 mingga yaqin snaryad uloqtiradi, Ukraina tomonida esa bu ko‘rsatkich kuniga 2 mingtani tashkil etadi. Frontning ayrim zaif nuqtalarida esa sutka davomida artilleriya snaryadlaridan foydalanilmagan.
Rossiya Ukrainaning Avdeyevka shahrini egallagach, nisbatan intensiv urush olib borayotgani aytilgan. Ukraina tomoni esa hozirda nafaqat o‘q-dorilar yetishmovchiligi, balki frontda ishchi kuchi tanqisligi muammosi bilan ham kurashayotgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi