Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan parlament muhokamalarida gapirdi.
«Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo – biz ko‘proq ishlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. Men u yerga borishni rejalashtirmoqdaman. U yerda biz hamkorlik qilishimiz kerak bo‘lgan sohalarni biladigan barcha bilan davra suhbati o‘tkazaman», dedi Kemeron.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Buyuk Britaniya hukumatining Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan 2024 yilda S5+1 formatida sammit o‘tkazishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi. Britaniya parlamentiga taqdim etilgan hisobotda mualliflar britaniyalik vazirlarning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari bilan samarasiz hamkorligini tanqid qilgan, shuningdek, mintaqada Rossiya va Xitoyning ta’siriga faolroq qarshi turishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi