Foto: EU Today
Yaponiyalik sudya Tomoko Akane Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning (XJS) yangi rahbari etib saylandi. U bu lavozimni 2027 yilgacha boshqaradi. Bu haqda XSJ saytida ma’lum qilindi.
U Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan uch sudyadan biri edi. Akane yangi lavozimda polshalik sudya Pyotr Xofmanskiy o‘rnini egalladi.
“Sud uchun ushbu qiyin paytlarda barqaror, hamkorlikka asoslangan va uyushgan rahbarlik talab etiladi. Men sud organlari, himoyachilar va jabrlanuvchilar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga, shuningdek, ishtirokchi davlatlar va Rim statutini hali ratifikatsiya qilmagan davlatlar bilan muloqotni kuchaytirishga e’tibor qarataman. Shuningdek, sud xodimlarining xavfsizligi va farovonligiga ham ustuvor ahamiyat beraman”, — dedi u.
XJS Putin va Belovani hibsga olish uchun orderni bir yil avval, 2023 yil martida chiqargan. Ular 2022 yil 24 fevraldan boshlab “Ukrainaning bosib olingan hududlaridan aholini (bolalar) Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda” gumon qilinmoqda.
Kreml sud qarorini huquqiy nuqtayi nazardan “haqiqiy emas” deb atagan, chunki Moskva XJS yurisdiksiyasiga kirmaydi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Lvova-Belovaning hibsga olinishi haqidagi savolning o‘zini “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi