date
views 448

Rossiyada Il-76 samolyoti halokatga uchradi

Rossiyada Il-76 samolyoti halokatga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotning parvoz vaqtida dvigatellaridan biri yonayotgani va u qulagandan keyin o‘rmondan quyuq qora tutun ko‘ringani aks etgan videolar tarqaldi.

Ivanovo viloyatida Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchraganini Rossiya Mudofaa vazirligi tasdiqladi.

Samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida dvigatellardan birining yonib ketishi halokatga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida sakkiz nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Rossiya Aerokosmik kuchlari Bosh qo‘mondonligi komissiyasi Ivanovo aerodromiga jo‘natilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Il-76 samolyoti halokatga uchradi