date
views 469

So‘nggi 24 soatda Ukraina Donetsk viloyatida 245 nafar askarini yo‘qotdi

So‘nggi 24 soatda Ukraina Donetsk viloyatida 245 nafar askarini yo‘qotdi
Foto: TASS
Ukraina armiyasi Donetsk yo‘nalishidagi hujumlarda 245 nafar askarini yo‘qotdi. Bu haqda“TASS” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ukraina harbiylari so‘nggi 24 soatda 7 ta tank, AQSHda ishlab chiqarilgan 7 ta Bradley piyoda jangovar mashinasi, 2 ta transport vositasi, 4 ta yengil avtomashina, 1 ta M777, 2 ta D-20 va 1 dona D-30 gaubitsasini yo‘qotgan. Askarlar orasida o‘lim holatlari nisbatan ko‘paygan.

So‘nggi sutkada 245 nafar Ukraina askari halok bo‘lgan. Tank va havo hujumidan mudofaa tizimi vayron bo‘lgan.

“Donetsk yo‘nalishidagi jangovar bo‘linmalar faol harakat qilib, qulay joylar va pozitsiyalarni egallashdi. Ukraina armiyasining 56-motopiyoda, 28-, 42- va 93-mexanizatsiyalashgan, 5- va 97-tank brigadalari hujumlari, shuningdek, to‘plangan ishchi kuchi va harbiy texnikalarga jiddiy shikast yetkazildi. Donetsk Xalq Respublikasining Krasnoye, Kleshcheyevka, Andreyevka va Kurdyumovka aholi punktlari yaqinida dushman kuchlari siqib chiqarildi”, — deyiladi Rossiya tomoni bergan bayonotda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘nggi 24 soatda Ukraina Donetsk viloyatida 245 nafar askarini yo‘qotdi