date
views 253

Varrak vertolyotni qo‘nishga majbur qildi

Varrak vertolyotni qo‘nishga majbur qildi
Foto: X (Twitter)
Filippinda varrak iplariga o‘ralib qolgan vertolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Inquirer.net. Voqea Boxol orolidagi Gindulman shahri yaqinida yuz bergan.

Vertolyot uchuvchisi va ikki yo‘lovchisi jabrlanmadi, ammo voqea guvohlari ancha-muncha shoshilib qolishdi.

Favqulodda qo‘nishga guvoh bo‘lgan 48 yoshli Endryu Bayxon Lakarning aytishicha, vertolyot juda pastlab uchayotgan bo‘lgan.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, varrakning neylon ipi vertolyotning boshqaruv vintiga o‘ralib qolgan. Har tugul havo kemasiga hech qanday ziyon yetmagan, oradan 10 daqiqa o‘tib, yana parvozda davom etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Varrak vertolyotni qo‘nishga majbur qildi