10:22 / 15.03.2024
135

Isroil harbiylari Rafahda yig‘ilgan 1,4 million falastinlikni gumanitar anklavlarga ko‘chirmoqchi

Isroil harbiylari Rafahda yig‘ilgan 1,4 million falastinlikni gumanitar anklavlarga ko‘chirmoqchi
Foto: Reuters
Isroil G‘azo janubidagi Rafah shahrida yig‘ilgan 1,4 million nafar falastinlikni vaqtinchalik gumanitar anklavlarga ko‘chirmoqchi. Bu haqda 13 mart kuni Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagari ma’lum qilgan. CNN nashri voqea haqida batafsil xabar berdi.

Isroil rasmiysiga ko‘ra, Rafah operatsiyasi — “amalga oshirilishi shart” bo‘lgan vazifa. Bu operatsiya davomiyligi uni amalga oshirish paytida duch kelinadigan shart-sharoitga bog‘liq.

Ma’lumotlarga qaraganda, G‘azo sektori aholisining yarmidan ko‘pi anklav shimoli va markazidan qochib, hozir Misr bilan chegaradosh Rafahda boshpana topmoqda. Anklav shimolida esa taxminan 300 ming g‘azolik yashab qolgan.

Biz 1,4 million nafar g‘azolik xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda yaratadigan gumanitar anklavlarimizga ko‘chib o‘tishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Maxsus anklav zonasi ularni vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat, suv, dala kasalxonalari bilan ta’minlaydi”, — degan Daniel Xagari.

Xabarda aytilishicha, HAMAS askarlari va mahalliy aholi bitta hududda qolayotgan ekan, Isroil operatsiyasi hali-beri tugamaydi. HAMASni yengish uchun u oddiy aholidan ajratib olinishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo