Foto: “Kremlin.ru”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko garchi chet elda uni diktator deyishsa-da, u uchun suveren Belarus tarixidagi yutuqlar muhim ekanini aytdi. Bu haqda “Belta” xabar berdi.
Belarus prezidenti mamlakat Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu haqda gapirgan.
Biz o‘z tariximizni yaratganmiz. O‘z qonunlarimizni ham yozganmiz. Shunday ekan, uchdan bir asr davomida axborot, siyosiy, iqtisodiy bosim ostida yashayapmiz. Shu vaqt davomida kordon ortida faqat dangasalar Lukashenkoni diktator va avtoritar prezident deb atamadi.
Mayli, aytaverishsin. Muhimi, qanday natijaga ega ekanimizda: talon-toroj qilinmagan milliy boylik, saqlab qolingan suverenitet, jonajon yurt xavfsizligi va tinchligi, fuqarolar farovonligining oshishi, odamlar uchun tinchlik, osoyishtalik va sukunat, — ta’kidladi Belarus prezidenti.
Avvalroq Lukashenko Belarus va Rossiyaning bir davlatga aylanish ehtimoliga munosabat bildirgan edi. Jumladan, u na Rossiya, na Belarus ikki davlatning birlashishini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlab, bunday qadam hech qanday foyda keltirmasligi va vaziyatni yanada yomonlashtirishini ta’kidlagandi.
"Eshiting, men “ketadigan” prezidentman, lekin mutlaqo ishonchim komilki, mendan keyin kim kelmasin, bu pozitsiya qo‘llab-quvvatlanmaydi", — degan o‘shanda Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Rossiya Kommunistik partiyasi raisi Gennadiy Zyuganov Qozog‘iston, Rossiya, Belarus va Ukrainani o‘z ichiga olgan ittifoq davlatini tuzishni taklif qilgan edi. 2021 yil noyabr oyida Belarus va Rossiya prezidentlari Ittifoq davlatining integratsiya haqidagi farmonini imzolagan.
2024 yil 7 fevral kuni Belarus prezidenti O‘zbekistonga kelgan edi. U va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, SHHT doirasidagi siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib olgan. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollardan oshirish vazifasi qo‘yilgan. Tashrif davomida Aleksandr Lukashenko prezident bilan poytaxtdagi “Huma Arena”ga tashrif buyurib, Amirsoyda chang‘i uchishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi